Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Abduqodir Husanov 50 million yevro qiymat bilan Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Abduqodir Husanov 50 million yevro qiymat bilan Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi

Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi o‘yinchilarining yangi narxlarini e’lon qildi. “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov qit’ada yetakchiga aylandi.

Futbol statistikasi va o‘yinchilarning transfer narxlarini tahlil qilib boruvchi Germaniyaning nufuzli Transfermarkt portali Angliya Premyer-ligasi (APL) a’zolarining bozor qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, “Manchester Siti” hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 22 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer bahosi birdaniga 15 million yevroga ko‘tarilib, jami 50 million yevroga yetdi.

Ushbu yuksak ko‘rsatkich sharofati bilan o‘zbekistonlik iqtidorli himoyachi rasman Osiyoning eng qimmat futbolchisi maqomini qo‘lga kiritdi. U qit’a reytingida germaniyaning “Mayns” klubi a’zosi, yaponiyalik Kaysyu Sanoni (40 mln yevro) hamda Ispaniyaning “Real Sosedad” jamoasida o‘ynovchi Takefusa Kuboni (30 mln yevro) ortda qoldirib, birinchi o‘ringa joylashdi.

Bundan tashqari, Husanov hozirgi kunda Angliya Premyer-ligasida to‘p tepayotgan sobiq ittifoq mamlakatlari futbolchilari orasida ham eng qimmat o‘yinchi bo‘lib turibdi. Mazkur ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni transfer bahosi 32 million yevro etib belgilangan ukrainalik Yegor Yarmolyuk egallagan.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra Osiyoning eng qimmat 10 ta futbolchisi ro‘yxati:

№ Futbolchi Davlat Klub Narxi
1 Abduqodir Husanov O‘zbekiston “Manchester Siti” €50 mln
2 Kaysyu Sano Yaponiya “Mayns” €40 mln
3 Takefusa Kubo Yaponiya “Real Sosedad” €30 mln
4 Li Kan In Janubiy Koreya PSJ €28 mln
5 Yuito Suzuki Yaponiya “Frayburg” €24 mln
6 Kaoru Mitoma Yaponiya “Brayton” €22 mln
7 Kim Min Jye Janubiy Koreya “Bavariya” €20 mln
8 Zion Suzuki Yaponiya “Parma” €20 mln
9 Hiroki Ito Yaponiya “Bavariya” €18 mln
10 Ayase Ueda Yaponiya “Feyenoord” €17 mln

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish