So‘nggi:
O‘zbekistondagi har sakkizinchi kilovatt elektr energiyasi maxsus zaxiradan olinmoqdaIqtisodiyotO‘zbekistonda 2030-yilgacha beshta yangi sel-suv ombori quriladiJamiyatBMT Isroil va Rossiyani urush hududlaridagi jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha qora ro‘yxatga kiritdiDunyoO‘zbekiston aholisi 2050-yilga kelib 52 milliondan oshadiJamiyatToshkentda 4 kishilik oila ijarasiz yashashi uchun oyiga 23.5 million so‘m kerakligi aytildiJamiyatYaponiyada aholi soni rekord darajada qisqardiDunyoJeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdiDunyoAQSHda Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik banknot chiqarilishi mumkinDunyoShavkat Mirziyoyev YOII sammitida hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini ma’lum qildiSiyosatRossiyada markaziy osiyolik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildiJamiyat

Sudda bloger Sanjar Karimov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni asossiz deb atadi

Sudda bloger Sanjar Karimov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni asossiz deb atadi

11-aprel kuni Toshkentda Real Sanjik nomi bilan tanilgan bloger ustidan sud ishi boshlandi. Sudlanuvchi o‘z aybini butunlay rad etdi, jabrlanuvchi tomon esa Karimov tomonidan amalga oshirilgan bosimlar va oilaviy sha’niga qilingan tahdidlar haqida guvohlik berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida bloger Sanjar Karimov ishi yuzasidan dastlabki ochiq majlis bo‘lib o‘tdi. Sud majlisni yopiq o‘tkazish haqidagi talabni rad etib, OAV vakillariga jarayonni kuzatish va qayd etishga ruxsat berdi. Noyabr oyidan buyon qamoqda saqlanayotgan Karimov sudda birorta ham ayblovni tan olmasligini qat’iy ma’lum qildi.

Tergov organlari blogerni firibgarlik, o‘ldirish bilan qo‘rqitish va giyohvand moddalar aylanmasida ayblamoqda. Sudda so‘zga chiqqan jabrlanuvchi Feruza Rahmatullayevaning ko‘rsatmasiga ko‘ra, sudlanuvchi undan o‘g‘lining qarzini undirish uchun ruhiy bosim o‘tkazgan va oilasini sharmanda qilish bilan tahdid qilgan. Shuningdek, u tergov jarayonlarining xolisligiga shubha bildirdi.

Mazkur jinoiy ish ilgariroq keng muhokamalarga sabab bo‘lgan «qochoq kuyov» ishi bilan bevosita bog‘liq. Navbatdagi sud majlisi 13-aprelga belgilangan bo‘lib, unda navbatdagi jabrlanuvchi Shahlo Olimbayevaning ko‘rsatmalari tinglanishi kutilmoqda.