Qashqadaryoda o‘quvchiga jismoniy jazo qo‘llagan o‘qituvchiga intizomiy chora ko‘rildiJamiyatO‘zbekistonda yil boshidan buyon uy-joy savdosi 18 foizdan ziyodga oshdiJamiyatO‘zbekistonda raqamli «Baliqchi kartasi» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPodpolkovnik Ilhom Idirov Toshkent shahar IIBB YHXXB boshlig‘i etib tayinlandiJamiyatToshkent metropoliteni bir sutkalik yo‘lovchi tashish bo‘yicha absolyut rekordni yangiladiJamiyatSaida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiSiyosatToshkentda hovlida navbatdagi Zeekr 001 yonib ketdiJamiyatAlisher Navoiy kutubxonasi ortida avtoturargoh va baggiga ega park zonasi barpo etiladiJamiyatWildberries Zangiota tumanida 67,3 gektar maydonda yangi omborxona majmuasini barpo etadiJamiyatToshkentda qishda muzlagan uylarni isitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladiJamiyat

Harbiylar o‘rtasidagi kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga elektromobillar sovg‘a qilinadi

O‘zbekiston harbiylari o‘rtasida «Ma’naviyat qalqoni» kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi. G‘oliblarga elektromobillar va pul mukofotlari topshirilishi belgilandi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yildan boshlab harbiylar orasida mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan yangi intellektual musobaqa yo‘lga qo‘yilmoqda. Tanlov tizimli ravishda tashkil etilib, dastlabki bosqichlar harbiy qismlar va bilim yurtlarida o‘tkaziladi. Keyingi bosqichlarda harbiy okrug va birlashmalar g‘oliblari o‘zaro bellashadi, uchinchi bosqich esa tegishli vazirlik hamda idoralarda bo‘lib o‘tadi. Eng bilimdon harbiylar respublika miqyosidagi final bahslarida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Tanlovning taqdirlash marosimi ham yuksak darajada tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Respublika bosqichining to‘rt nafar mutloq g‘olibi Oliy Bosh Qo‘mondonning asosiy sovrini — zamonaviy elektromobil hamda maxsus diplomlar bilan mukofotlanadi. Shuningdek, sovrinli o‘rinlarni egallagan boshqa ishtirokchilar uchun ham salmoqli pul mukofotlari va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar belgilangan. Davlat rahbari ushbu tashabbusni ma’qullab, tegishli qarorni imzoladi. Mazkur loyiha armiya safida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.