Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

Toshkent viloyati YHXB xodimi to‘rt egizakning otasi bo‘ldi

Toshkent viloyati YHXB xodimi to‘rt egizakning otasi bo‘ldi

Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oilasida to‘rt egizak dunyoga keldi. Chaqaloqlarning ikki nafari o‘g‘il va ikki nafari qiz.

Poytaxt viloyati huquq-tartibot idoralari tizimida xizmat qilayotgan 29 yoshli safdor Odiljon Abdullayev xonadonida 29-mart kuni katta quvonch yuz berdi. Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yosh xodim bir yo‘la to‘rt nafar farzandning otasiga aylandi.

Hozirda ona va to‘rt egizakning salomatligi mutaxassislar tomonidan barqaror deb baholanmoqda. Chaqaloqlar hamda ularning onasi malakali shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, barcha zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Ushbu noyob holat soha vakillari va keng jamoatchilik o‘rtasida ijobiy rezonans uyg‘otdi.