Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyat

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 31-mart hamda 2–6-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli favqulodda ogohlantirish bilan chiqdi. To‘qqizta viloyatda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda kutilayotgan yomg‘irlar oqibatida respublikaning tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi ehtimoli bor. Xavf ostidagi hududlar qatoriga Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlari kiritilgan.

Mutaxassislar, shuningdek, hududlarni suv bosishi, yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi hamda avtomobil yo‘llarida harakatlanish murakkablashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Tog‘li hududlarga borishni rejalashtirayotgan haydovchilar va dam oluvchilarga ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfli uchastkalardan uzoqroq bo‘lish tavsiya etiladi.