Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

Toshkentda voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qilgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mast holda voyaga yetmagan qizlarni ta’qib qilgan va IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxsga nisbatan sud hukmi chiqdi. Unga 5 sutka qamoq va jarima jazosi berildi.

Poytaxtdagi «Magic Safari» bog‘ida voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilgan va ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmagan erkak ma’muriy qamoq va jarimaga tortildi.

24-fevral kuni poytaxtdagi «Magic Safari» bog‘ida ertalabki yugurish bilan shug‘ullanayotgan ikki nafar voyaga yetmagan qiz notanish erkakning ta’qibiga uchradi. Mast holatda bo‘lgan shaxs qizlarni haqorat qilib, ularga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etgan. Qizlar erkakning tajovuzkor xatti-harakatlaridan qo‘rqib, hududdagi profilaktika inspektorlariga yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan huquq tartibot idoralari xodimlari erkakni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, u qonuniy talablarga bo‘ysunmay, xodimlarni haqorat qilgan va qochishga uringan. Shunga qaramay, huquqbuzar qo‘lga olinib, sudga taqdim etilgan va u yerda o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaroga nisbatan 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, u bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish