So‘nggi:
Farg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyat

O‘zbekistonda pasportsiz valyuta sotib olish limiti 500 dollargacha oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pasportsiz valyuta sotib olish limiti 500 dollargacha oshirilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda pasportsiz 500 dollargacha valyuta sotib olishga ruxsat berilishi mumkin. MB bank nazorati va identifikatsiya qoidalarini kuchaytirmoqda.

Hujjatdagi eng asosiy yangiliklardan biri — jismoniy shaxslar tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz naqd xorijiy valyuta sotib olish limitini amaldagi 100 dollardan 500 AQSH dollarigacha oshirish taklifidir. Ushbu chora fuqarolar uchun valyuta ayirboshlash jarayonini soddalashtirish va banklardagi navbatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, yangi qoidalar bank operatsiyalari shaffofligi va kadrlar siyosatiga nisbatan talablarni kuchaytiradi. Endilikda banklar ishga qabul qilish jarayonida nomzodlarning jinoiy daromadlarni legallashtirishga aloqadorligini tekshirish uchun xavfga asoslangan tahlillarni o‘tkazishlari shart bo‘ladi. Mijozlarni identifikatsiya qilish tizimi ham kengaymoqda: pasport va ID-kartalar bilan bir qatorda, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari ham qabul qilinadi, shuningdek, raqamli identifikatsiya usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi.

Ichki pul o‘tkazmalari va shubhali operatsiyalar nazorati alohida e’tibor markazida bo‘ladi. BHMning 25 baravaridan yuqori bo‘lgan o‘tkazmalarda jo‘natuvchi va qabul qiluvchi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni taqdim etish talabi joriy etilmoqda. Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning hisobvaraqlaridagi yirik harakatlar va monitoring ostidagi davlatlarga yuboriladigan 1000 BHMdan yuqori mablag‘lar shubhali operatsiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Banklar mablag‘larning kelib chiqish manbalarini chuqur tahlil qilish va mijozlarning ishbilarmonlik obro‘sini ochiq manbalar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham tekshirish vakolatiga ega bo‘ladilar.