O‘zbekistonda DXX raisining sobiq o‘rinbosari 15 yilga qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatOlimlar saraton hujayralari nobud bo‘lishini tezlashtiruvchi preparat yaratdiDunyoO‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydiSportO‘zbekistonda mast holda takroran rulga o‘tirish va bolalarga mashina boshqaruvini berish uchun qamoq jazosi joriy etiladiJamiyatYangi Toshkentdagi ilk xonadonlar narxi va ko‘chib kirish muddati e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda uch oygacha bo‘lgan haq to‘lanmaydigan stajirovkalarga ruxsat berilishi mumkinJamiyatO‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdiSiyosat«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkinLayfstaylToshkentda firibgarlar hisoblagich o‘rnatish bahonasida pensionerlarni alday boshladiJamiyat

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 jahon chempionatining 1/16 finalida Ispaniya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining Qatarda o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati pley-off bosqichidagi raqibi ma’lum bo‘ldi. 1/16 finalda vakillarimiz Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv qachon va qayerda o‘tkaziladi

O‘yin 30-noyabr kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Ushbu uchrashuv g‘olibi jahon chempionatining 1/8 finaliga yo‘l oladi.

Pley-off yo‘llanmasi va o‘zaro o‘yinlar tarixi

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi uch ochko jamg‘arib, E guruhida uchinchi o‘rinni egalladi.Jamoa o‘z guruhlarida uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkizta terma jamoa qatoriga kirib, keyingi bosqichga chiqdi.

O‘zbekiston va Ispaniya o‘smirlar terma jamoalari 2023-yilda Indoneziyada o‘tgan jahon chempionatida ham to‘qnash kelgan edi. O‘shanda guruh bosqichidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan, O‘zbekiston terma jamoasi esa turnirning chorak finaligacha yetib borgan edi.

Izohlar

    Izoh qoldirish