Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyat

Toshkentda tungi poyga uyushtirgan haydovchilar 10 sutkaga qamaldi

Olmazor tumanida tungi poyga uyushtirgan Lacetti va Onix haydovchilari 10 sutkaga qamaldi. Avtomobillar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida Lacetti va Onix avtomobillarida o‘zaro poyga uyushtirib, jamoat tartibini buzgan ikki haydovchiga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Poytaxt YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, voqea 27-mart kuni tungi soat 03:40 larda sodir bo‘lgan. Huquqbuzarlar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish bilan birga, fuqarolarning tinchligini buzib, hayotini xavf ostida qoldirgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlar va kuzatuv kamerasi yozuvlari yordamida poyga ishtirokchilarining shaxsi aniqlandi. Ular 27 yoshli R. Islomov va 21 yoshli A. Abdusattorov bo‘lib chiqdi. Huquqbuzarlarning transport vositalari darhol jarima maydonchasiga joylashtirilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi qarori bilan har ikki haydovchiga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi berildi.

Sud zalida haydovchilar o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanliklarini bildirib, aholi tinchligini buzganliklari uchun uzr so‘rashgan. Shuningdek, YHXB vakili ushbu shaxslarning harakatlaridan jabrlangan yoki ularning xavfli manyovrlari oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarni ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirdi. Mazkur chora poytaxt ko‘chalarida noqonuniy poygalarga chek qo‘yish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarning bir qismidir.