GTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdiDunyoO‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimi 2026-yil oxiriga borib 15 mln kishidan oshadiJamiyatNamanganda brakonyerlar elektr qarmoq bilan Qizil kitobdagi baliqlarni ovlab, 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdiJamiyatO‘zbekiston talabalariga HEMIS orqali bir yillik bepul Google AI Pro obunasi ochildiJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdan Parkentga qatnaydigan yangi elektropoyezdda yurib ko‘rdiJamiyatO‘zbekistonda xorijliklarni endi deportatsiya markazida bir yilgacha ushlab turish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda muddatidan oldin pensiyaga chiqish taqdimnomasini my.gov.uz orqali rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildiJamiyat2035-yilga borib dunyoda musulmonlar soni nasroniylardan oshib ketadiDunyoToshkentda Rossiya fuqarosi 9-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qildiJamiyatO‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyot

GTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdi

GTA VI bir sutkada qariyb $4 mlrd ishlab topib, kino prokati rekordini ham ortda qoldirdi

GTA VI’ning dastlabki 24 soatdagi savdosi $3,79 mlrdga yetdi, oldindan buyurtmalar soni esa 32,5 mln nusxani tashkil etdi. O‘yin GTA V’dan 13 yil o‘tib PS5 va Xbox Series X|S’da chiqdi va tarixiy rekord o‘rnatdi.

Mashhur Grand Theft Auto VI o‘yinining dastlabki sutkadagi savdo hajmi $3,79 mlrdga yetdi. Rockstar Games va bosh kompaniya Take-Two Interactive ma’lumotlariga ko‘ra, bu butun ko‘ngilochar industriya tarixidagi eng yirik ishga tushirilish hisoblanadi.

GTA V’dan 13 yil o‘tib chiqqan reliz va 32,5 mln oldindan buyurtma

O‘yin 2026-yil 19-noyabr kuni PlayStation 5 va Xbox Series X|S konsollarida — Grand Theft Auto V chiqqanidan 13 yil o‘tib taqdim etildi. Voqealar yangilangan Vays-Siti shahrida Lusiya va Jeyson ismli jinoiy duet atrofida kechadi.

Rasmiy relizgacha 32,5 milliondan ortiq oldindan buyurtma rasmiylashtirilgan. Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, foydalanuvchilar ilk kunda o‘yinda o‘rtacha 494 daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkazgan, tanqidchilarning Metacritic’dagi o‘rtacha bahosi esa 99 ballni tashkil etgan.

Avvalgi rekordlar va kino yig‘imlari bilan taqqoslash

GTA VI’ning ilk kundagi tushumi GTA V ko‘rsatkichidan qariyb besh baravar ko‘p bo‘ldi (2013-yilda avvalgi qism ilk sutkada taxminan $800–815 mln ishlagan edi).

Bir sutkalik daromad eng kassabop filmlarning butun prokat davomidagi yig‘imlaridan ham yuqori chiqdi. Taqqoslash uchun: «Qasoskorlar: Intihom» filmi kinoteatrlardagi butun namoyish davomida taxminan $2,94 mlrd yig‘gan bo‘lsa, GTA’ning yangi qismi bu natijani bir kunning o‘zida ortda qoldirdi. Rockstar Games prezidenti va asoschisi Sem Xauzer relizni studiya uchun yangi bobning boshlanishi deb atab, dunyo bo‘ylab o‘yinchilarga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish