O‘zbekiston Bosh prokurorining buyruqlari bilan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Olmazor,Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va Mirobod tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyruqlari bilan Toshkent shahrining sakkizta tumanida prokuratura rahbarlari yangilandi. Tayinlangan barcha prokurorlar adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.
Yangi tayinlovlar ro‘yxati
-
Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori etib Yahyo Abdug‘aniyevich Abdurahmonov tayinlandi. U bungacha Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlagan.
-
Yakkasaroy tumani prokurori lavozimini Ahror G‘aniyevich Axunov egalladi. U avval Olmazor tumani prokuraturasiga rahbarlik qilgan.
-
Olmazor tumani prokurori etib Abdurahim Akramjon o‘g‘li Muhiddinov tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuraturaning yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
-
Yashnobod tumani prokurori lavozimiga Oybek Rajabboy o‘g‘li Shamuratov tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
-
Chilonzor tumani prokurori etib Sarvar To‘xtamurodovich Bazarov tayinlandi. U avval Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
-
Yunusobod tumani prokurori lavozimini Ibrohim Asatovich Rasulov egalladi. U tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan.
-
Sergeli tumani prokurori etib Sirojiddin Bo‘riyevich Fayziyev tayinlandi. U bungacha Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
-
Mirobod tumani prokurori lavozimiga Qobiljon No‘monovich Ahmadjonov tayinlandi. U avval Namangan viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q