O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyatO‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladiJamiyatYangi Toshkentda renovatsiya ishtirokchilariga avvalgisidan 50 foiz katta kvartiralar beriladiJamiyat

O‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladi

O‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladi

Prezident mahkumlarni ijtimoiy moslashtirishga oid PQ-397-sonli qarorni imzoladi. Koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 17-noyabrdan jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarni ozodlikka tayyorlash va ijtimoiy moslashtirish tizimini tubdan o‘zgartiruvchi PQ-397-sonli prezident qarori kuchga kirdi. Yangi tizim orqali mamlakatda takroriy jinoyatchilik darajasini 30 foizga kamaytirish maqsad qilingan.

Masofaviy oliy ta’lim

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab mahkumlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi:

  • kirish imtihonlari bevosita jazoni ijro etish koloniyalarining o‘zida tashkil etiladi;

  • ta’lim jarayoni to‘lov-kontrakt asosida masofaviy shaklda olib boriladi;

  • talabalar uchun koloniyalarda videokonferensaloqa uskunalari bilan jihozlangan maxsus xonalar ajratiladi.

Imtihonlarni o‘tkazish, qabul qilish va o‘qitish tartibi uch oy muddatda IIV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, hukumatga kiritiladi.

Texnikumlar, 50 ta kasb va o‘qituvchilarga ustamalar

2030-yilga borib mahkumlarning 60 foizini kasbiy ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan (har yili kamida 15–20 ming nafar mahkum o‘qitiladi). Buning uchun muassasalarda 310 ta o‘quv va 420 ta amaliyot xonalari tashkil etiladi.

Kasbga o‘qitish tizimidagi asosiy o‘zgarishlar:

  • Texnikumlarga aylantirish: koloniyalar huzuridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazilib, texnikumlar sifatida qayta nomlanadi. O‘z texnikumi yo‘q muassasalarga yaqin hududdagi texnikumlar biriktiriladi.

  • Ikki mutaxassislik va davlat diplomi: 2030-yilgacha mehnat bozori talablariga mos kamida 50 ta kasb (jumladan,gidroponika va issiqxona xo‘jaligi kabi zamonaviy agrotexnologiyalar) bo‘yicha dasturlar joriy etiladi. Zaruratga ko‘ra, mahkumlar ikkita kasbga o‘qitilib, ularga davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat beriladi.

  • Pedagoglarga 35 foiz ustama: mahkumlarga dars beruvchi o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga umumta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchisi stavkasida soatbay haq hamda toifasidan qat’i nazar 35 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

  • Bandlik kafolati: mahkum ozodlikka chiqishidan kamida bir oy oldin IIV uning egallagan kasbi haqidagi ma’lumotlarni doimiy ish bilan ta’minlash uchun Bandlik vazirligiga taqdim etadi.

«Yangi hayot» dasturi va mahkumlar orasidan volontyorlar

Muassasalarda mahkumlar bilan manzilli ishlashga qaratilgan «Yangi hayot» dasturi amalga oshiriladi. Ijobiy xulq-atvorga ega tashabbuskor yosh mahkumlar orasidan yoshlar yetakchilari saylanib, ular Yoshlar ishlari agentligining volontyorlik guruhiga kiritiladi.

Ular yangi kelganlarni tartib-qoidalar bilan tanishtirish, nizolarning oldini olish va kitobxonlikni targ‘ib qilishda ma’muriyatga ko‘maklashadi. Faoliyat uchun ularga Yoshlar volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan har chorakda BHMning 3 baravari miqdorida rag‘batlantirish puli to‘lanadi. Shuningdek, koloniyalarda yoshlar bog‘lari barpo etiladi, kutubxonalarda «Mutolaa» platformasidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi va «Yosh kitobхоn» tanlovi o‘tkaziladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish