So‘nggi:
Yil boshidan buyon turizm eksporti O‘zbekiston iqtisodiyotiga 2,2 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdiJamiyatO‘zbekistonlik kriptobloger Arut Nazaryan BAAda qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatQarshidagi gaz quyish shoxobchasida portlash: 6 kishi halok bo‘ldiJamiyatFarg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni saqlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni saqlash tartibi o‘zgardi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni xorijda saqlashga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirdi. Bu PayPal va Google Pay tizimlarining kirib kelishini tezlashtirishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bugundan rasman kuchga kirdi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari ikki asosiy toifaga ajratiladi va ularni saqlash bo‘yicha tabaqalashtirilgan talablar joriy etiladi. Birinchi toifaga kiruvchi biometrik va genetik ma’lumotlar qat’iy himoya ostiga olinib, mahalliy operatorlar orqali olingan bunday axborotlar faqat O‘zbekiston hududidagi serverlarda saqlanishi shart etib belgilandi.

Ikkinchi toifadagi ma’lumotlar uchun esa nisbatan yumshoqroq va xalqaro tajribaga mos talablar o‘rnatildi. Endilikda muayyan shartlar asosida shaxsiy ma’lumotlarni xorijiy serverlarda saqlashga ruxsat beriladi. Bunda ma’lumotlar himoya darajasi O‘zbekistonnikiga teng bo‘lgan davlatlarda saqlanishi, xalqaro standartlarga muvofiqligi hamda maxsus kelishuvlarga rioya qilinishi asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu o‘zgarish global texnologik kompaniyalarning mamlakat bozoriga kirib kelishi yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan birini bartaraf etadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, mazkur qonuniy asoslarning yaratilishi PayPal, Apple Pay va Google Pay kabi xalqaro to‘lov tizimlarining O‘zbekistonda to‘liq faoliyat boshlashi uchun huquqiy zamin yaratadi. Ilgari shaxsiy ma’lumotlarni faqat mamlakat ichida saqlash majburiyati ko‘plab xalqaro servislar uchun texnik murakkabliklar tug‘dirayotgan edi. Yangi tahrirdagi qonun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi uchun zamonaviy moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladi.