O‘zbekistonda Red Bull Wings Cup — EA SPORTS FC™ 27 virtual futboli bo‘yicha xalqaro turnir start oladi. Ishtirokchilar universitet yoki ochiq ligada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari, mamlakat chempioni unvoni hamda Germaniyaga, RB Leipzig futbol klubiga mehmon bo‘lib borish imkoniyati uchun kurashishlari mumkin. Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish loyiha saytida mavjud.
Red Bull Wings Cup — EA SPORTS FC™ 27 bo‘yicha yangi xalqaro turnir bo‘lib, u dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan, jumladan O‘zbekistondan kelgan o‘yinchilarni birglashtiradi. Musobaqa EA SPORTS va PlayStation bilan hamkorlikda o‘tkaziladi hamda turli tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan ishtirokchilar — havaskorlardan tortib tajribali o‘yinchilar uchun ochiqdir. O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan, mamlakat rezidenti bo‘lgan har bir kishi ishtirok etishi mumkin.
O‘zbekistonda musobaqa ikki ligada bo‘lib o‘tadi:
-
Universitet ligasi — oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun. Ishtirokchilar universitetlar o‘rtasidagi saralash turnirlarida PlayStation 5 konsollarida EA SPORTS FC™ 27 Rush rejimida bellashadilar. Saralash o‘yinlari yakuniga ko‘ra milliy final bosqichiga yo‘l oladigan 4 nafar eng kuchli ishtirokchi aniqlanadi. O‘z OTMingizdagi saralash sanalarini topish va ro‘yxatdan o‘tish loyiha saytida amalga oshiriladi.
-
Ochiq liga — saralash musobaqalari hamkor Pinger.Pro platformasida PlayStation 5 konsollarida EA SPORTS FC™ 27 Ultimate Team rejimida o‘tkaziladi. Ishtirok etish uchun hamkor platformasida, shuningdek loyihaning rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Ochiq liganing saralash bosqichlari 31-oktyabr — 1-noyabr hamda 7–8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, 15-noyabrda esa pley-off o‘yinlari o‘tkazilib, ularning yakunlari bo‘yicha milliy finalning 4 nafar ishtirokchisi aniqlanadi.
29-noyabr kuni har ikki liganing 8 nafar eng kuchli o‘yinchisi Red Bull Wings Cup milliy finalida uchrashadi va u yerda O‘zbekiston chempioni unvoni uchun kurashadi. Bosh mukofot Germaniyaga safar va RB Leipzig futbol klubiga tashrif buyurish bo‘ladi — bu katta Yevropa futboli muhitiga sho‘ng‘ish, professional jamoa hayotining sahna ortiga nazar tashlash va Red Bull dunyosining bir qismiga aylanish uchun noyob imkoniyatdir.




