Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindi

Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindi

Chirchiq shahridagi 16-maktab hududida kun kunduzi maktab o‘quvchilariga qarab masturbatsiya qilgan erkak videoga olindi. Hodisaga voyaga yetmaganlar guvoh bo‘lgan.

Ta’lim muassasasi hududida sodir bo‘lgan hodisa

Ijtimoiy tarmoqlar hamda hududiy Telegram-kanallarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tasvirga olingan video kadrlar tarqaldi. Unda noma’lum erkakning kun kunduzi, bevosita 16-sonli maktab hududida ochiqchasiga maktab o‘quvchilariga qarab behayo va nojo‘ya harakatlar sodir etgani hamda masturbatsiya bilan shug‘ullangani aks etgan.

Guvohlar hamda video mualliflarining ta’kidlashicha, hodisa 23-oktyabr kuni soat 16:00 atrofida maktab hududida yuz bergan. Yo‘ldan o‘tib ketayotgan bir guruh qizlar erkakning shubhali va behayo harakatlarini payqab qolgan va darhol holatni mobil telefon kamerasiga tasvirga olgan.

Jamoatchilik xavotiri va huquqiy baho

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkakning atrofdagilardan va o‘tib ketayotgan avtomobillardan hayiqmay, bunday harakatlarni davom ettirganidan keskin norozilik bildirmoqda. Ushbu hodisaga darsdan qaytayotgan voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va voyaga yetgan fuqarolar guvoh bo‘lgan.

Tarmoq kuzatuvchilari huquq-tartibot organlaridan ushbu shaxsning shaxsiga aniqlik kiritish va chora ko‘rishni so‘ramoqda. Voyaga yetmaganlar guvohligida bunday buzug‘chilik harakatlarini sodir etish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan buzug‘chilik harakatlari qilish) yoki tegishli ma’muriy moddalar bo‘yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Hozircha Toshkent viloyati IIBB hamda Chirchiq shahar hokimligi tomonidan ushbu holat yuzasidan rasmiy axborot berilganicha yo‘q.