Xorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyat

Botkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandi

Botkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandi

Toshkentdagi Botkin qabristonida qurilish ishlari sababli devor qulab tushdi va qabr toshlariga zarar yetdi. Hokimiyat holatni o‘z nazoratiga oldi.

Hodisa sabablari va oqibatlari

Ijtimoiy tarmoqlarda Botkin qabristonida qurilish ishlari vaqtida qabrlar shikastlangani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, sobiq shampan vinosi zavodi hududidagi qurilish ishlari vaqtida obektni Botkin qabristonidan ajratib turuvchi devor qulab tushgan. Oqibatda 15-sektorning oxirgi qatoridagi bir nechta qabr toshlari shikastlangan. Hokimlik qabrlarning o‘ziga zarar yetmaganini va ular ochilib qolmaganini ma’lum qildi.

Munosabat va qayta tiklash ishlari

Holat Toshkent shahar hokimligi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olindi. Mas’ul shaxslar va pudratchining harakatlariga huquqiy baho berilib, aybdorlar javobgarlikka tortiladi.

Buyurtmachi va pudrat tashkiloti sodir bo‘lgan hodisa uchun uzr so‘rab, haftaning oxirigacha barcha zarar yetkazilgan qabr toshlarini o‘z ҳisobidan to‘liq qayta tiklash majburiyatini oldi.