Xorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyat

Farg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldi

Quvasoyda sud R.K.ni odam savdosida aybdor deb topib, 5 yilga qamaldi. U bir ayolga Anqaraga chipta olib berib, uni fohishalikka yollagan.

Turkiyaga yuborish urinishi va operativ tadbir

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudi odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Quvasoy shahrida yashovchi R.K. (1986-y.t.) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «j, k» bandlari (Odamni O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda va ekspluatatsiya qilish maqsadida sodir etilgan odam savdosi) bilan aybli deb topildi.

Sud hukmi materiallariga ko‘ra, 2026-yil iyul oyi boshida R.K. Telegram messenjeri orqali O.M. ismli ayol bilan tanishib qolgan. U ayolning moddiy jihatdan qiynalayotganidan foydalanib, Anqara shahriga borib fohishalik qilishni va kuniga 200–400 dollar daromad topishni taklif qilgan. Kelishuvga ko‘ra, topilgan pulning 20 foizi yo‘l va boshqa xarajatlar uchun R.K.ga, 80 foizi esa jabrlanuvchining o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan.

9-iyul kuni R.K. jabrlanuvchiga Toshkent — Anqara yo‘nalishi bo‘yicha elektron aviachipta sotib olib yuborgan. Biroq O.M. kelgusida fohishalikka jalb etilayotganini anglab yetgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.

12-iyul kuni Farg‘ona viloyati IIB JQB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O.M. Toshkent xalqaro aeroportida uchib ketish uchun ro‘yxatdan o‘tayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Sud hukmi

Sud R.K.ni aybdor deb topib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi va umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgiladi. Unga nisbatan qo‘llangan garov ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan qamoqqa olindi. Jazo muddatini hisoblash 2026-yil 16-oktyabrdan belgilandi.