Elektrotexnika korxonalari uchun imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladiIqtisodiyotO‘zbekistonliklar Tailand vizasini Moskvaga bormasdan olishlari mumkin bo‘ladiJamiyatRossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydiDunyoNamanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltin kontrabandasi ushlab qolindiJamiyatToshkentdagi pivo korxonasida sisterna yonib ketdiJamiyatSaida Mirziyoyevaga yana bir vazifa yuklatildiSiyosatJavohir Sindarov rapid bo‘yicha jahon reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildiSportO‘zbekistondagi har beshinchi voyaga yetgan fuqaroning krediti bor — MBIqtisodiyotSenat O‘zbekiston Milliy gvardiyasining vazifa va vakolatlarini aniqlashtirdiSiyosatSenat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyat

2028-yildan Olimpiadada ayollar jinsini tasdiqlash uchun genetik test joriy etiladi

2028-yildan Olimpiada o‘yinlarida ayol sportchilar jinsini tasdiqlash uchun genetik test topshiradi. XOQ transgenderlar ishtirokiga cheklov qo‘ydi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ayollar sportida adolat va teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida transgender sportchilarning ishtirokiga oid qoidalarni keskinlashtirdi. Yangi tartibga ko‘ra, 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlaridan boshlab ayollar yo‘nalishlarida faqat biologik jinsi genetik darajada tasdiqlangan sportchilar qatnasha oladi.

Bunda erkak jinsiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan SRY-geni mavjudligini aniqlash bo‘yicha majburiy test sinovlari asosiy mezon etib belgilandi.

XOQ vakillarining tushuntirishicha, erkaklik jinsiy yetilishi davrida orttirilgan jismoniy ustunliklar hatto gormonal terapiyadan keyin ham saqlanib qolishi mumkin, bu esa ayol sportchilar uchun teng bo‘lmagan sharoitlarni yuzaga keltiradi.

Mazkur cheklovlar faqat professional elita darajasidagi musobaqalarga tegishli bo‘lib, ommaviy va havaskorlik sportiga taalluqli emas. Qabul qilingan qaror orqaga qaytish kuchiga ega emas va u shu vaqtgacha o‘tkazilgan musobaqalar natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi.