So‘nggi:
Farg‘ona NQIZ to‘liqligicha davlat tasarrufiga qaytarildiSiyosatFilippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyat

O‘zbekistonda chorva kasalligi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

O‘zbekistonda chorva kasalligi haqida tarqalgan xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda, xususan Farg‘ona viloyatida chorva hayvonlari orasida ommaviy kasallik tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu mish-mishlarga Rossiyada qayd etilgan chorva kasalliklari, jumladan oqsil (yaщur) tarqalishi haqidagi yangiliklar sabab bo‘lgan. Ayrim foydalanuvchilar shunga o‘xshash holat O‘zbekistonda ham kuzatilayotgani haqida asossiz ma’lumotlar tarqatgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakillari Farg‘ona viloyatida chorva kasalligi yoki nobud bo‘lish holatlari qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Vaziyatni o‘rganish uchun mutaxassislar joyiga chiqqan. Xususan, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Oltiariq tumanidagi mahallaga borib, xo‘jaliklarni ko‘zdan kechirdi va chorva egalari bilan suhbatlashdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, hududda epidemiologik holat barqaror ekani tasdiqlandi. Internetda tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi qayd etildi.

Mutasaddilar fuqarolarga chorva hayvonlarida kasallik alomatlari kuzatilsa, darhol veterinariya mutaxassislariga murojaat qilishni tavsiya qildi. Shuningdek, asossiz xabarlarni tarqatmaslik va faqat rasmiy manbalarga tayanish zarurligi ta’kidlandi.