O‘zbekistonda shovqindan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi: «sukunat soatlari» va jarimalar belgilandiJamiyatO‘zbekistonda 2027-yildan oilaviy shifokor va hamshiralarga 4 MHTEKM gacha ustama to‘lanadiJamiyatO‘zbekistonga kirishda elektron bojxona deklaratsiyasi yo‘lga qo‘yildiJamiyatXivada fuqaro o‘z hovlisida 2 metrlik kannabis yetishtirgani aniqlandiJamiyatO‘zbekistonda tashqi reklama uchun svetning 3 baravar tarifi bekor qilinmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni zorlash bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindiJamiyatAVO Bank kvartira puli muzlatilgan omonat bo‘yicha mojaroga munosabat bildirdiJamiyatO‘zbekistonda o‘qituvchilar uchun maosh ustamalari va yangi imtiyozlar joriy etiladiJamiyatFlydubai Dubaydan Tel-Avivga uchgan samolyotda uchuvchilar urushib ketganini tasdiqladiDunyoO‘zbekistonda oktyabr oyida sovuq va kuchli yomg‘irlar kutilmoqdaJamiyat

AVO Bank kvartira puli muzlatilgan omonat bo‘yicha mojaroga munosabat bildirdi

AVO Bank kvartira puli muzlatilgan omonat bo‘yicha mojaroga munosabat bildirdi

AVO Bank mijozning yirik omonati muzlatilishi yuzasidan batafsil munosabat bildirdi. Bank Yunusobod IIO FMB talabi, hujjatlar maxfiyligi va foizlar hisoblanishi haqida ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda AVO Bank mijozining to‘rt oydan buyon o‘z omonat mablag‘larini ololmayotgani haqidagi murojaati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mijozning ta’kidlashicha, u 2025-yil 9-dekabr kuni kvartirasini notarial tartibda sotgan va tushgan mablag‘ni bankning mobil ilovasi orqali 6 oy muddatga omonatga joylashtirgan.

Biroq shartnoma muddati tugashiga bir oy qolganda, ya’ni 2026-yil 14-may kuni uning hisobraqami bloklab qo‘yilgan. 10-iyun kuni omonat muddati rasman yakunlangan bo‘lsa-da, bank pulni qaytarishni rad etgan. Shuningdek, fuqaro 11-iyundan e’tiboran omonat bo‘yicha foizlar hisoblanishi ham to‘xtatilganini hamda bank cheklovlar haqida hech qanday rasmiy hujjat taqdim etmaganini da’vo qilgan edi.

AVO Bank pozitsiyasi: Yunusobod IIB talabi va huquqiy cheklovlar

Keng jamoatchilik e’tirozlaridan so‘ng AVO Bank rasmiy bayonot berib, mavjud holat yuzasidan o‘zining huquqiy pozitsiyasini batafsil tushuntirib berdi. Moliya muassasasi vakillarining ta’kidlashicha, hisobdagi operatsiyalar bank tashabbusi bilan emas, balki Yunusobod tumani IIO FMBning tergov harakatlari doirasidagi qat’iy talabiga asosan muzlatib qo‘yilgan. Bank qonun bo‘yicha faqat ijrochi hisoblanishi, cheklovlarni mustaqil ravishda bekor qilish yoki tergov idoralaridan qarorlarni talab qilib olish vakolatiga ega emasligini bildirdi.

Mijozga bloklash haqidagi hujjat nima uchun berilmaganiga to‘xtalarkan, bank O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan keladigan xizmat va maxfiy xat-hujjatlar uchunchi shaxslarga taqdim etilmasligini eslatdi. Omonatchi tomonidan keltirilgan IIBning 10-sentabrdagi xati esa bank yuristlari tomonidan tahlil qilinganda, unda cheklovni yechish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri protsessual buyruq va yetarli huquqiy asoslar mavjud emasligi aniqlangan.

Shuningdek, AVO Bank foizlar to‘xtatilgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi: omonat bo‘yicha foizlar to‘liq miqdorda yozilmoqda. Bank holatga aniqlik kiritish va jarayonni tezlashtirish uchun Markaziy bank hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rov yuborganini, biroq rasmiy qaror kelmaguncha mablag‘larni berish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi.