Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

Uy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqda

Uy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqda

my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarda ko‘chmas mulkning yangilangan narxi paydo bo‘lmoqda. Mulk egalarida mol-mulk solig‘i va yangi baholash tizimi bo‘yicha ko‘plab savollar tug‘ilmoqda.

O‘zbekistonlik ko‘chmas mulk egalari my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlarida uy-joylarining yangilangan bahosi bo‘yicha xabarnomalarni qabul qila boshladi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlar hamda Telegram-kanallarda fuqarolarning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘lmoqda. Portalda ko‘rsatilgan yangi narxlar kadastr hujjatlaridagi avvalgi qiymatdan sezilarli darajada farq qilmoqda — ayrim fuqarolarda uy narxi keskin oshgan bo‘lsa, boshqalarda aksincha pasaygan.

Mulk egalarida birinchi navbatda ushbu qayta baholashning mol-mulk solig‘iga ta’siri bo‘yicha savollar paydo bo‘lmoqda, chunki soliq stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ob’yektning kadastr va baholash qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. Shuningdek, foydalanuvchilar portalda yangi baholashga munosabat bildirish funksiyasi nima uchun kerakligi va belgilangan raqamlar kelgusida qanday huquqiy va moliyaviy oqibatlarga olib kelishini to‘liq tushunmayotganliklarini bildirishmoqda.

Avvalroq mamlakatda ko‘chmas mulk ob’yektlarini — xonadonlar, hovlilar hamda nomturar joy fondini ularning real bozor qiymatiga yaqinlashtirgan holda ommaviy baholashning yangi uslubiyoti joriy etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Belgingan tartibga ko‘ra, mulkdorlarga belgilangan qiymatga e’tiroz bildirish va uni qayta ko‘rib chiqish uchun 60 kun muddat beriladi. Fuqarolar narxga rozi bo‘lmagan taqdirda vakolatli organga yoki bevosita sudga murojaat qilishlari mumkin.

Shunga qaramay, hozircha vakolatli idoralar tomonidan yangi mexanizmning amaliyotga tatbiq etilishi bo‘yicha yetarlicha rasmiy tushuntirishlar berilmadi. Bosh masalalar — yangi baholash soliq bazasiga qachondan e’tiboran ta’sir ko‘rsatishi va amaldagi stavkalar qanday o‘zgarishi hozircha ochiqligicha qolmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish