So‘nggi:
Filippinda 7,8 balli dahshatli zilzila yuz berdiDunyoAnqarada 3 yoshli qizini garovga olgan ota maxsus kuchlar tomonidan otib o‘ldirildiDunyoBekobodda Turkiyadan qaytgan onasini vahshiylarcha o‘ldirib, uyga o‘t qo‘ygan 19 yoshli yigitga hukm o‘qildiJamiyatJCH starti oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiya bilan o‘ynaydiSportArmanistondagi parlament saylovida Pashinyan g‘alaba qozondiDunyoDenovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqdaJamiyatToshkent metrosida yo‘lovchining mobil telefoni yonib ketishiga sal qoldiJamiyatDominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyat

Rossiya mehnat bozoridagi 1,3 million o‘zbekistonlik uchun yangi imkoniyatlar davri boshlandi

Rossiya mehnat bozoridagi 1,3 million o‘zbekistonlik uchun yangi imkoniyatlar davri boshlandi

Mamlakatimiz tashqi mehnat migratsiyasi sohasida tub burilish yasamoqda: endilikda tartibsiz ketish o‘rnini davlat darajasidagi tizimli rekruting egallamoqda.

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Raxim Xakimovning ma’lum qilishicha, hozirda Rossiya Federatsiyasi hududida 1,3 millionga yaqin hamyurtimiz qonuniy asoslarda mehnat faoliyatini olib bormoqda.

O‘tgan 2025-yil davomida uyushgan holda ishga joylashtirish dasturlari orqali 106 ming nafar mutaxassis xorijga yuborildi. Ushbu oqimning deyarli yarmi, ya’ni 50 mingga yaqini Rossiyaning iqtisodiy tayanchlari hisoblangan «Gazprom», «LUKOYL», «KAMAZ», «AvtoVAZ» kabi korxonalar hamda Ozon va SPAR savdo tarmoqlari safiga qo‘shildi. Bunday yirik brendlar bilan ishlash migrantlar uchun munosib ish haqi va kafolatlangan ijtimoiy himoyani anglatadi.

Yangi erishilgan kelishuvlar migratsiya jarayonini ancha osonlashtiradi. Endilikda mehnat patentlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatbozlikning bir qismini bevosita O‘zbekistonning o‘zida yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu esa nomzodlarga yo‘lga chiqishdan oldin barcha huquqiy masalalarni hal qilib olish imkonini beradi. Shu bilan birga, mutaxassislarning xalqaro bozordagi nufuzini oshirish maqsadida Andijon va Jizzax shaharlarida rus tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yangi test markazlari ochilmoqda.