So‘nggi:
Andijonda mushuk bolasini devordan oshirib otgan yoshlarga 4,12 mln somdan jarima solindiJamiyat6G texnologiyasi devor orqasini ko‘rish va inson pulsini o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘ladi — HeuteDunyoSaida Mirziyoyeva Toshkentdagi noqonuniy qurilishlarni keskin tanqid qildiSiyosatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatO‘zbekistonning 15 ta tumanida gaz va elektr muammolarini hal etish bo‘yicha maxsus shtablar tuzildiIqtisodiyotToshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladiIqtisodiyotOq uy COVID-19 pandemiyasi, Uxan laboratoriyasi va cheklovlar samarasizligi haqida yangi hisobotni e’lon qildiDunyoCholpon-Otada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdiSiyosatQirg‘iziston—O‘zbekiston chegarasida navbatdagi yerosti tunneli topildiJamiyatO‘zbekistonda bank depozitlaridan olinadigan daromadga 5 foizli soliq joriy etish taklif qilindiIqtisodiyot

Toshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladi

Toshkentda kichik biznesga bo‘sh turgan davlat mulklari 10 yilgacha bepul foydalanishga beriladi

Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent shahri hokimiga bo‘sh turgan davlat obyektlarini kichik biznesga 10 yilgacha bepul foydalanishga berish va yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha yangi vakolatlar berildi.

O‘zbekiston Prezidenti Toshkent shahrining 2026–2027-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Yangi hujjat ishlatilmayotgan davlat mulklarini iqtisodiy muomalaga jalb qilish va poytaxtda hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini belgilab beradi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yilning 1-avgustidan boshlab Toshkent shahri hokimiga Savdo-sanoat palatasi reyestriga kiritilgan hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlariga nisbatan mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi beriladi. Ular uchun bo‘sh turgan davlat binolari va inshootlarini 10 yilgacha bo‘lgan muddatga bepul foydalanishga berish imkoniyati yaratiladi. Bunda tadbirkor zimmasiga obyektni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlash va kerakli uskunalar bilan jihozlash majburiyati yuklatiladi.

Bundan tashqari, biznes vakillari maydoni 1,5 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida yangi loyihalarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Qurilish ishlari yakunlanib, tayyor obyekt davlatga topshirilgach, ushbu yer maydoni investorgacha 15 yilgacha bo‘lgan muddatga bepul foydalanish uchun taqdim etiladi. Ushbu choralar poytaxtda ishlab chiqarish hajmini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.