So‘nggi:
O‘zbekistonliklar uchun Belarusda tashqi mehnat faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tashkillashtirilgan qabul boshlandiIqtisodiyotEron Ukrainani savdo kemasiga hujumda aybladi va javob qaytarishini ma’lum qildiDunyoO‘zbekistonda eng ko‘p nikohdan ajralishlar Toshkent shahrida qayd etilgani ma’lum bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lovini qoplash uchun subsidiyalar berish boshlandiJamiyatIsroil G‘azo sektoriga xorijiy xavfsizlik kuchlarini kiritishga rozi bo‘ldiDunyoO‘zbekistonda iyul oyining so‘nggi haftasida anonomal issiq va chang-to‘zonlar kutilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdiIqtisodiyotO‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH qayd etildiJamiyatPutin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladiDunyoToshkentdagi bekatda 32 yoshli kuryer o‘zini osib o‘ldirdiJamiyat

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh 7,091 mln so‘mni tashkil etdi. Eng yuqori ish haqi Toshkent shahri hamda moliya-bank sohasida qayd etilgan.

Hududlar kesimidagi maoshlar va o‘sish sur’atlari

Mamlakat hududlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi an’anaviy ravishda poytaxtda qayd etilishda davom etmoqda:

  • Toshkent shahri — 12,014 mln so‘m (o‘sish — 18,2%);

  • Navoiy viloyati — 8,723 mln so‘m;

  • Toshkent viloyati — 6,676 mln so‘m.

Eng past o‘rtacha oylik ish haqi esa Qashqadaryo viloyatida qayd etilib, 4,865 mln so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan maoshlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax viloyati (20,4%), Namangan viloyati (19,4%), Toshkent shahri (18,2%) va Toshkent viloyatida (17,8%) kuzatildi.

Sohalar va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha daromadlar

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik maoshlar quyidagi sohalarda shakllandi:

  1. Bank, sug‘urta, lizing va kredit-vositachilik faoliyati — 19,1 mln so‘m;

  2. Axborot va aloqa sektori — 17,417 mln so‘m;

  3. Tashish va saqlash — 11,07 mln so‘m;

  4. Sanoat sohasi — 8,267 mln so‘m;

  5. Savdo sektori — 7,651 mln so‘m;

  6. Qurilish sohasi — 7,028 mln so‘m.

Eng past o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (4,44 mln so‘m) hamda ta’lim (4,977 mln so‘m) sohalariga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, ushbu tarmoqlar ish haqi o‘sish sur’atlari bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy oldi — mos ravishda 20,1% va 20,3% lik o‘sish qayd etildi.

Ayrim tor mutaxassisliklar ichida eng yuqori maoshni qayta sug‘urtalash sohasi xodimlari (o‘rtacha 26,014 mln so‘m), moliya va sug‘urtadagi yordamchi faoliyat mutaxassislari (24,896 mln so‘m) hamda kompyuter dasturlash va konsalting xizmatlari vakillari (22,235 mln so‘m) olmoqda.

Ta’lim tizimining o‘zida esa maoshlar darajasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi:

  • OOTX o‘qituvchilari — 12,047 mln so‘m;

  • Texnik va professional ta’lim xodimlari — 5,372 mln so‘m;

  • Umumiy o‘rta ta’lim (maktab) xodimlari — 4,669 mln so‘m;

  • Maktabgacha ta’lim xodimlari — 2,721 mln so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha nominal hisoblangan ish haqi 6,82 mln so‘mni tashkil etgan edi. Usha davrda ham Toshkent shahri 11,7 mln so‘mlik ko‘rsatkich bilan hududlar orasida yetakchilikni saqlab qolgan edi.