O‘zbekistonda 2026-yilgi Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi

Jamiyat

2026-yilgi Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi hududlardagi quyosh chiqishi vaqtini inobatga olgan holda bayram namozi o‘qilish tartibini belgiladi. Vatandoshlarimizga qulay bo‘lishi uchun namoz vaqtlari hududlar kesimida guruhlandi:

  • Vodiy viloyatlarida (soat 06:40 da) Eng avval bayram shukuhi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida boshlanadi. Bu hududlarda namoz vaqti soat 06:40 etib belgilangan.
  • Poytaxt va poytaxt viloyatida (soat 06:50 da) Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati masjidlarida jamoat namozi vodiydan 10 daqiqa o‘tib, ya’ni soat 06:50 da boshlanadi.
  • Markaziy viloyatlarda Sirdaryo viloyatida namoz vaqti 06:55 ga to‘g‘ri kelsa, Samarqand va Jizzax viloyatlarida jamoat 07:00 da namozga turadi.
  • Janubiy va g‘arbiy hududlarda (soat 07:05 da) Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi masjidlarda hayit namozi soat 07:05 da o‘qiladi.
  • Eng kech o‘qiladigan hududlar Mamlakatimizning eng g‘arbiy nuqtalarida namoz biroz kechroq ado etiladi: Xorazm viloyatida soat 07:25 da, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa soat 07:30 da.

Mutaxassislar bayram tongida masjidlar atrofida odam gavjum bo‘lishini inobatga olib, ibodatga biroz vaqtliroq yetib kelishni tavsiya etadilar. Eslatib o‘tamiz, hayit bayrami munosabati bilan 20-mart mamlakatimizda rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Pressa.uz