So‘nggi:
Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildiDunyoBangladesh prezidenti xastalik sabab muddatidan ikki yil avval iste’foga chiqdiDunyo«Manchester Siti» Abduqodir Xusanov bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytirdiSportQashqadaryoda itni avtomobilga bog‘lab sudragan haydovchiga nisbatan ish sudga oshirildiJamiyatToshkent viloyatida Lacetti daraxtga urilishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldiJamiyatMarkaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMTDunyoO‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldiJamiyatBuxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadiJamiyatO‘rnatilgandan so‘ng: quyosh panellarining qimmatbaho uskunalarini qanday himoya qilish mumkinJamiyatToshkentning Yakkasaroy tumanida Kichik halqa yo‘li 40 kunga qisman yopiladiJamiyat

Toshkentda qizga shilqimlik qilgan shaxsga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Toshkentda qizga shilqimlik qilgan shaxsga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida uyining oldida qizga nisbatan shilqimlik qilgan 25 yoshli A. M.ga oid ish ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, voqea mart oyi boshida soat 22:30 atrofida ko‘p qavatli uyning kirish qismida sodir bo‘lgan. Fuqaro A. M. u yerda fuqaro A. S.ni majburan quchoqlab, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan.

Sud majlisida A. M. aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. U o‘z qilmishini qizni yoqtirib qolgani bilan izohladi, pushaymonligini bildirib, bunday holat boshqa takrorlanmasligini aytdi.

Sud qaroriga ko‘ra, A. M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.