So‘nggi:
Markaziy bank taqchillik sabab futbolga bag‘ishlangan tangalar tirajini oshiradiJamiyatBaxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildiJamiyatTramp Si Szinpin va Putinga Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdorchilik bildirdiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyoMoskva so‘nggi ikki yildagi eng yirik dronlar hujumiga uchradiDunyoO‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildiJamiyatRossiya Visa va Mastercard kartalarini muomaladan butunlay chiqarib tashlaydiDunyoMirziyoyev Jahon chempionatidagi debyut o‘yindan so‘ng milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatladiJamiyatToshkent viloyatida qiymati 3 mlrd dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladiJamiyatO‘zbekiston Yevropa soliq ma’muriyatlari tashkilotining assotsiatsiyalangan a’zosi bo‘ldiSiyosat

Gaz arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rinda

Gaz arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rinda

Energyprom tahliliy portalining 2026-yil aprel holatiga ko‘ra hisobotida O‘zbekiston aholi uchun eng arzon tabiiy gaz bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz jon boshiga gaz iste’mol qilish bo‘yicha ham kuchli 20 talikka kirgan.

Tahliliy manbalarning xalqaro monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda ichki iste’molchilar uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki bu hisobda butun sayyorada eng hamyonbop yoqilg‘i turlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Energyprom portalining 2026-yil aprel oyidagi ko‘rsatkichlariga tayansak, respublikada uy xo‘jaliklari uchun ko‘k yoqilg‘ining o‘rtacha bahosi har bir kVt·ch uchun bor-yo‘g‘i 0,008 AQSh dollarini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning kuzida qayd etilgan o‘rtacha dunyoviy qiymatdan (0,086 dollar) deyarli 11 barobar pastdir. (Ma’lumot uchun:tariflarni xolis solishtirish maqsadida kubometrlar 1 kub m = 10,5 kVt·ch koeffitsiyenti bo‘yicha kVt·chga o‘girilgan).

Global ro‘yxatda O‘zbekistondan ko‘ra arzonroq tarif faqat Jazoirdа kuzatilgan — u yerda aholi har bir kVt·ch uchun 0,003 dollar to‘laydi. Boshqa davlatlardagi narxlar esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Rossiya — 0,012 dollar;

  • Ozarbayjon — 0,016 dollar;

  • Qirg‘iziston — 0,025 dollar;

  • AQSh va Hindiston — 0,048 dollar;

  • Xitoy — 0,051 dollar.

Dunyoning eng qimmat gaz tarifi esa Shvetsiyada qayd etilgan bo‘lib (0,233 dollar), u yerdagi maishiy to‘lovlar o‘zbekistonliklarnikidan qariyb 30 barobar yuqoridir. Braziliyada ham ko‘rsatkich ancha baland — 0,219 dollar.

Qulay narx siyosati tufayli mamlakat ichida gazga bo‘lgan talab juda yuqori. So‘nggi yillik sarhisoblarga ko‘ra,O‘zbekiston aholi jon boshiga tabiiy gaz iste’mol qilish bo‘yicha dunyoning eng yirik 20 ta davlati qatoridan joy oldi va 14-o‘rinni band etdi. Har bir o‘zbekistonlikka yiliga o‘rtacha 15,014 ming kVt·ch gaz to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu yo‘nalishda Qatar davlati yiliga jon boshiga 152 ming kVt·chdan ortiq ko‘rsatkich bilan mutloq yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Trinidad va Tobago (93,3 ming kVt·ch) hamda BAA (64,7 ming kVt·ch) egallagan. Bu borada O‘zbekiston energiya balansida gazning roli yuqori bo‘lgan Germaniya, Italiya va Lyuksemburg kabi Yevropaning yetakchi iqtisodiyotlarini ham ortda qoldirgan.