So‘nggi:
Dominikanda xususiy samolyot halokatga uchradiDunyoO‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladiJamiyatDushanba kunidan O‘zbekistonda quruq va issiq ob-havo kuzatiladiJamiyatO‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindiJamiyatKongoda Ebola virusini yuqtirib olgan amerikalik Germaniyada kasallikni yengdiDunyoFarg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladiJamiyatAndijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindiJamiyatToshkentda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Movarounnahr ko‘chasiga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘l ochildiJamiyatO‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdiJamiyatAQSH Eronning ikkita orolidagi radar obyektlariga zarba berdiDunyo

O‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi

O‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oromgohlarda bepul dam oladi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi yangi loyihani yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, 1200 dan ortiq yetim va ota-onasi yo‘q bolalar davlat hisobidan bepul dam oladi.

Yangi ijtimoiy loyiha mamlakatimizdagi eng zaif qatlam vakillari bo‘lgan bolajonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Davlat hisobidan 12 kunlik hordiq Rejaga ko‘ra, respublika bo‘ylab 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan jami 1295 nafaryetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar kasaba uyushmalari tasarrufidagi so‘lim oromgohlarda 12 kun davomida mutlaqo bepul dam olishadi.

Loyiha doirasidagi barcha moliyaviy majburiyatlar to‘liq qoplab beriladi:

  • Oromgohlarga borish va kelish yo‘l xarajatlari;

  • Oromgoh yo‘llanmalari qiymati;

  • Dam olish va sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq boshqa barcha sarf-xarajatlar to‘liq davlat hisobidan qoplanadi.

Amaliy jarayonlar boshlab yuborildi Loyiha faqat qog‘ozda qolib ketmadi, balki ayni kunlarda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtning o‘zidayoq jami 1062 nafar bola respublikaning eng yaxshi yozgi oromgohlariga yuborildi va ular uchun mo‘ljallangan maxsus sog‘lomlashtirish hamda ko‘ngilochar tadbirlar boshlab yuborildi. Qolgan bolalar ham bosqichma-bosqich o‘z muddatlarida dam olish maskanlariga yetkaziladi.