Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 1-sinfga qabul muddati va tartibi e’lon qilindi

Yangi o‘quv yilida O‘zbekiston maktablari 795 mingdan ortiq 1-sinf o‘quvchilarini qabul qiladi. Hujjat topshirish 20-iyundan boshlanadi, Toshkent va Buxoro esa to‘liq onlaynga o‘tdi.

Hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan boshlanadi va u to‘liq my.maktab.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Vazirlik tizim ko‘lamini ikki baravarga kengaytirdi: endilikda 135 ta shahar va tumandagi 5500 dan ortiq maktab onlayn qabulni yo‘lga qo‘yadi. Toshkent shahri va Buxoro viloyatida esa ota-onalar maktabga borib yurishmaydi — bu hududlardagi barcha maktablar yuz foiz elektron formatga o‘tkazildi.

Qabul ikki qismdan iborat bo‘ladi. 20-iyundan 31-iyulgacha arizalar faqat yashash joyi bo‘yicha biriktirilgan mikrohudud doirasida qabul qilinadi. 1-avgustdan boshlab esa boshqa hududlardagi maktablarning bo‘sh o‘rinlariga hujjat topshirish imkoniyati ochiladi. Birinchi sinfga 2026-yil oxirigacha 7 yoshga to‘ladigan bolalar olinadi. 10-avgustga qadar barcha hududlarga 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat Prezident sovg‘alari yetkazib beriladi.

Vazirlik bitiruvchilar statistikasini ham ma’lum qildi: joriy yilda maktablarni 621 mingdan ortiq 9-sinf va 472 mingdan ziyod 11-sinf o‘quvchilari tamomladi, ulardan 11 ming nafari oltin va kumush medallarga loyiq ko‘rildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish