So‘nggi:
O‘zbek amaldorlari uchun korrupsiyaga qarshi noodatiy qamoqxona ekskursiyasi tashkil etildiJamiyatJismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindiJamiyatKo‘ksaroyda Ziroat Mirziyoyeva va Albaniya birinchi xonimining uchrashuvi bo‘lib o‘tdiSiyosatTurk investorlari Imom Buxoriy majmuasini boshqarishga qiziqish bildirmoqdaIqtisodiyotHumo Arenada Uzcard Football Fest bo‘lib o‘tadiJamiyatMirziyoyev AQSH Eksimbanki va DFC rahbarlarini qabul qildiDunyoShvetsiyada yomon xulq-atvorga ega immigrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladiDunyoMuddati o‘tgan tovarlarni sotganlik uchun MJTKning 178-moddasi bo‘yicha jarimalar kuchaytiriladiJamiyatO‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandiJamiyatTurkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildiJamiyat

Farg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladi

Farg‘ona viloyatida joriy yilning 8–12-iyun kunlari bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik va murakkab operatsiyalar o‘tkaziladi. Tadbir Farg‘ona viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xayriya tadbiri bolalar salomatligini mustahkamlash, ularga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish hamda murakkab kasalliklarga chalingan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Zamonaviy diagnostika va bepul jarrohlik amaliyotlari Tibbiy aksiya doirasida respublikaning eng yetakchi shifokorlari va tor soha mutaxassislari tomonidan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik hamda konsilium-maslahatlar tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbir davomida quyidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan:

  • Zamonaviy yuqori texnologik diagnostika tekshiruvlari;

  • Davolash muolajalari;

  • Zarur hollarda, murakkab jarrohlik amaliyotlarini bepul amalga oshirish.

Bundan tashqari, yetakchi mutaxassislar ota-onalar bilan suhbatlashib, bolalarda uchraydigan turli surunkali va tug‘ma kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berishadi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu xayriya aksiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad chekka hududlardagi bolalarning ham sog‘lig‘ini tiklashga ko‘maklashish va ularning sog‘lom kelajagiga hissa qo‘shishdan iborat.