So‘nggi:
AQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindiJamiyatBu yilgi yozda O‘zbekistonda havo harorati 47° gacha ko‘tarilishi kutilmoqdaJamiyatO‘qituvchilarning ortida armiya va Prezident turibdi — IIV maktabdagi janjalga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda Qurbon hayiti namozi sababli bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadiJamiyatQurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylariga chiptalar narxi arzonlashtiriladiJamiyatO‘zbekistonliklarga 31-maygacha svet va gaz hisobini to‘ldirish tavsiya qilindiJamiyatO‘zbekistonda Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati bo‘yicha tekshiruv boshlandiJamiyatO‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi JCH oldidan 21 kunlik karantinga olinadiSportToshkentda oquvchi bilan urushgan informatika oqituvchisi ustidan ochilgan jinoiy ish yopildiJamiyatO‘zbekiston bozorlarida salomatlik uchun xavfli bo‘lgan oshxona idishlari aniqlandiJamiyat

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda akusherlik zo‘ravonligi yuqori darajada – UNFPA hisoboti

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda akusherlik zo‘ravonligi yuqori darajada - UNFPA hisoboti

BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hisobotiga ko‘ra, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda akusherlik zo‘ravonligi yuqori darajada.

Mintaqadagi tug‘uruqxonalarda ayollarning huquqlarini buzish holatlari keng tarqalgan. So‘rovda qatnashganlarning 70 foizdan ortig‘i tibbiy xodimlar tomonidan g‘ayriinsoniy muomalaga duch kelganini ma’lum qilgan.

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) yangi keng ko‘lamli tadqiqoti tug‘ruq vaqtida tibbiy yordam sifati borasida xavotirli vaziyatni ko‘rsatib berdi. Mintaqaning 16 ta davlatida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning qariyb 70 foizi tug‘uruqxonalarda noo‘rin yoki shafqatsiz muomalaga duch kelgan. Umumiy hisobda 2,6 mingdan ortiq ayol o‘z huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishi holatlari haqida hikoya qilib berdi.

Tadqiqotdagi eng ko‘p uchraydigan shikoyatlar quyidagilardan iborat. Kesarcha kesish va epiziotomiya kabi jarrohlik amaliyotlari bemorlarning ruxsatisiz va ularni xabardor qilmasdan bajarilgan. Ayollar tibbiyot xodimlari tomonidan og‘zaki tajovuz, jismoniy kuch ishlatish, shaxsiy qadr-qimmatni kamsitish va shaxsiy maydonni qo‘pol ravishda buzish holatlariga duch kelishgan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, ko‘plab jabrlanuvchilar «akusherlik zo‘ravonligi» tushunchasidan xabardor emasligi sababli, tibbiyot xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan rasmiy shikoyatlar juda kamdan-kam hollarda beriladi. Tadqiqot ayniqsa yosh onalar, kam ta’minlangan yoki ta’lim darajasi past bo‘lgan ayollar eng himoyasiz qatlam ekanligini ko‘rsatdi.

UNFPA mintaqaviy direktori Florens Bauer bunday harakatlarni insonning fundamental huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ruq jarayonida hurmat va xavfsizlikka bo‘lgan huquq so‘zsiz va majburiy hisoblanadi, mavjud tizimni esa tubdan isloh qilish kerak.