So‘nggi:
Qatarlik futbolchi JChdagi tarixiy goli uchun 3 mln dollar va Rolls-Royce bilan taqdirlanadiSportShavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladiSiyosatSamarqanddagi xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchisi suv hovuziga tushib ketishi oqibatida vafot etdiJamiyatJastin Getji Iliya Topuriyani mag‘lub etib, yangi UFC chempioniga aylandiSportOlimlar inson embrioni genlarini aniq nuqtali tahrirlashga muvaffaq bo‘ldilarDunyoGermaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladiSiyosatGaz arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rindaJamiyatEski mashinalar uchun yiliga 12,3 mln so‘m ekologik to‘lov joriy etilishi mumkinJamiyatToshkent hokimi Shavkat Umurzakov dastlabki renovatsiya shtablari faoliyati bilan tanishdiSiyosatSamarqandda Rossiyada mehnat faoliyatini yuritmoqchi bo‘lganlar uchun test markazi tashkil etiladiSiyosat

O‘zbekistonda 50 yildan oshgan uylarda kvartiralarni qayta rejalashtirish taqiqlandi

O‘zbekistonda 50 yildan oshgan uylarda kvartiralarni qayta rejalashtirish taqiqlandi

Prezidentning PF-104-sonli farmoni bilan 50 yildan oshgan ko‘p kvartirali uylarda devorlarni buzish, xonalarni birlashtirish va qayta rejalashtirish taqiqlandi. Istisno — konstruksiyalarni mustahkamlash.

Yangi norma eski uy-joy fondining xavfsizligini oshirish hamda ko‘p kvartirali uylarning konstruksiyalariga o‘zboshimchalik bilan aralashish natijasida kelib chiqadigan xavflarni kamaytirishga qaratilgan. Ushbu cheklov 1976-yilgacha qurilgan barcha turar joy binolariga taalluqlidir.

Yarim asrdan oshgan uylarda mulkdorlarga quyidagi ishlar man etiladi:

  • Devorlarni buzish va ularning joyini ko‘chirish (xoh yuk ko‘taruvchi, xoh ichki tosiq devor bo‘lsin);

  • Xonalarni birlashtirish (masalan, yashash xonasini balkon/lodjiya bilan yoki oshxonani yo‘lak bilan qo‘shish);

  • Kvartiralarning mavjud rejasini (loyihasini) o‘zgartirish билан bog‘liq har qanday harakatlar.

Qanday ishlarga ruxsat beriladi? Farmonda faqatgina bitta holat istisno qilingan. Unga ko‘ra, binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini kuchaytirish va mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lgan muhandislik hamda ta’mirlash ishlarigagina ruxsat etiladi.