Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Surxondaryoda to‘rt oyoq bilan tug‘ilgan chaqaloq Samarqandda operatsiya qilindi

Surxondaryoda to‘rt oyoq bilan tug‘ilgan chaqaloq Samarqandda operatsiya qilindi

Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jarrohlari Sherobod tumanida o‘zaro yopishgan chala egizagi bilan tug‘ilgan chaqaloqni operatsiya qilishdi. Shifokorlar xatosi tufayli nuqson homiladorlik paytida aniqlanmagan.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida dunyoga kelgan to‘rt oyoqli noodatiy chaqaloq Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda “Daryo” internet-nashriga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suhrob Zayniyev ma’lum qildi.

Tibbiy tahlillarga ko‘ra, chaqaloq ikkinchi qismi shakllanmay qolgan Siam egizagi (egizak-parazit) bo‘lgan. Chala embrionning faqat tanasining pastki qismi rivojlangan bo‘lib, u sog‘lom bolaning tanasiga yopishib tuqqan, deb tushuntirdi mutaxassislar.

Markaz bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, jarroh Dilshod Rahmonovning so‘zlariga ko‘ra, bola 2026-yil 28-aprelda tug‘ilgan va ertasi kuni zudlik bilan Samarqandga keltirilgan. Chaqaloqning o‘z oyoqlaridan tashqari yana ikkita ortiqcha oyog‘i va qo‘shimcha jinsiy a’zosi bo‘lgan, biroq orqa chiqarish teshigi (anusi) umuman shakllanmagan.

Bolaning hayotini saqlab qolish uchun jarrohlar quyidagi amaliyotlarni bajarishdi:

Hozircha bolaning siydik pufagi ikkitaligicha turibdi, buyraklari esa ikkita bo‘lib, ularning har biridan siydik pufaklariga alohida kanallar tushgan. Shifokorlar yaqin orada bolaning ortiqcha siydik pufagi va jinsiy a’zosini olib tashlash hamda tabiiy orqa chiqarish teshigini hosil qilish bo‘yicha navbatdagi plastik operatsiyalarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Chaqaloqning ahvoli qoniqarli.

Mudhish jihati shundaki, ona homiladorlikning 26 va 36-haftalarida ultratovush (UZI) tekshiruvidan o‘tgan. Ammo hududdagi 83-sonli poliklinika shifokorlari ushbu yirik patologiyani ko‘ra olmay, bolani sog‘lom, faqatgina “kindigi o‘ralgan” deb tasvirlashgan. Sherobod tuman markaziy poliklinikasi boshlig‘i Sherzod Eshqobilov skrining qilgan xodimi tekshiruv vaqtida jiddiy e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yganini tan oldi

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish