Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi va harorat pasayishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ishi va harorat pasayishi kutilmoqda

O‘zgidromet 1–5-iyun kunlariga mo‘ljallangan ob-havo prognozini e’lon qildi. Aksariyat hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, havo harorati +28…+33 darajagacha pasayadi.

Dushanba kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq faqat Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida kuzatilishi mumkin. Havo harorati +34…+36 darajani, respublika janubida esa +38…+40 darajagacha issiqni tashkil etadi.

2-4-iyun kunlari mamlakatda yoz faslining boshlanishiga xos bo‘lgan ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. Tungi vaqtda va kunning birinchi yarmida kam bulutli ob-havo ustunlik qilsa, kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlar rivojlanadi va buning oqibatida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq yuz berishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin +28…+33 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa +34…+37 darajagacha pasayadi.

Juma kuni, 5-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida saqlanib qolishi ehtimoli bor. Havo harorati sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Shamol tezligi 7–12 m/s ni tashkil etadi, ba’zi joylarda shabadaning kuchayishi 15–20 m/s gacha yetishi va ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, 1-5-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi hamda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida 1-iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, harorat +34…+36 daraja atrofida bo‘ladi. 2-4-iyun kunlari kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ko‘rinishidagi yog‘ingarchiliklar takrorlanishi ehtimoli bor, kunduzgi harorat esa asta-sekin +29…+31 darajagacha pasayadi. Juma kuni, 5-iyunda poytaxtda yog‘ingarchiliksiz ob-havo o‘rnatilib, havo +31…+33 darajagacha isiydi. Shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil qiladi, vaqti-vaqti bilan 10–15 m/s gacha kuchayishi va shaharning ayrim tumanlarida chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish