Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Alisher Qodirov o‘qituvchilarni tarbiya berish majburiyatidan ozod qilishni taklif etdi

Alisher Qodirov o‘qituvchilarni tarbiya berish majburiyatidan ozod qilishni taklif etdi

Alisher Qodirov maktablarda o‘qituvchilar faqat dars berishi, tarbiya bilan esa ota-onalar va alohida tizim shug‘ullanishi kerakligini taklif qildi.

Siyosatchining ta’kidlashicha o‘smirlik davri juda xavfli bosqich bo‘lib, bu yoshda bolalar o‘zlariga va atrofidagilarga tuzatib bo‘lmaydigan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Deputat dars jarayoniga xalaqit beradigan o‘quvchilarni sinfdan chetlashtirish, muammoni esa maktab ma’muriyati ва ota onalar ishtirokida hal etish zarurligini, pedagoglarni bunday vaziyatlarda yolg‘iz qoldirish katta xato ekanini qayd etdi.

Partiya rahbarining fikricha o‘qituvchining asosiy vazifasi faqatgina fanni o‘rgatishdan iborat bo‘lishi lozim ва tarbiya uning majburiyatiga kirmasligi kerak. Agar maktablarda tartibni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan alohida tizim hamda tarbiya fani joriy etilmasa, yaqin yillar ichida mamlakat o‘qituvchilar korpusini butunlay yo‘qotishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtda dars vaqtida talablarni bajarmagan va o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik qilgan o‘quvchini kaltaklagan pedagogga nisbatan ochilgan jinoiy ish sud qarori bilan tugatilgan hamda o‘qituvchining harakatlari darsda tartibni saqlash choralari deb topilib, u aybsiz deb hisoblangan edi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish