O‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyat

AQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi

AQSHda yashirinib yurgan o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi

Giyovandlik moddalarini qonunga xilof ravishda saqlashda ayblanib, 3 yildan beri qidiruvda bo‘lgan 37 yoshli o‘zbekistonlik AQShda ushlanib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

O‘zbekistan Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, uzoq vaqt davomida huquq tartibot idoralaridan yashirinib yurgan respublika fuqarosi Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, 37 yoshli ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 276 moddasi 2 qismida ko‘rsatilgan giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2023 yilda rasman qidiruvga berilgan edi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimlari AQSh huquq tartibot idorasi hamda ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi. Hamkorlikdagi harakatlar natijasida qidirilayotgan shaxs Nyu York shahrida yashirinib yurgani aniqlandi va u ushlanib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Vazirlik o‘z bayonotida jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan qochib yurgan shaxslarni qayerda bo‘lishidan qat’i nazar aniqlash hamda javobgarlikka tortish bo‘yicha xalqaro qidiruv ishlari izchil davom ettirilishini ma’lum qildi.