So‘nggi:
Toshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadiJamiyatBuxoroda kuchli tungi zilziladan keyin yana yer qimirladiJamiyatFarg‘onada aylanadigan joy ustida talashib erini urgan ayol jazolandiJamiyatToshkentda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisini kaltaklagan informatika o‘qituvchisiga jinoiy ish ochildiJamiyatUstyurt platosida tabiat qo‘yniga qariyb 900 bosh yo‘rg‘alovchi tuvaloq qo‘yib yuborildiJamiyatO‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanadi va ketma-ket besh kun dam olish bo‘ladiJamiyatToshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamaganlarni aniqlash uchun sun’iy intellekt joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ko‘chmas mulkni bozor bahosidan arzon sotgan tadbirkorlarga soliq qo‘shimcha hisoblanadiIqtisodiyotO‘zbekistonda hosilni himoya qilish uchun do‘lga qarshi raketalar qo‘llanila boshlandiJamiyatToshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagani yuzasidan surishtiruv boshlandiJamiyat

Toshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkentdagi bir nechta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

22-may kuni Toshkentda milliy terma jamoani JChga kuzatish munosabati bilan soat 16:00 dan 21:00 gacha qator markaziy ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish marosimi munosabati bilan poytaxtning qator ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Toshkent shahar hokimligi va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida cheklovlar 22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Marosim davomida avtomobillar harakati vaqti-vaqti bilan butunlay to‘xtatilishi ham mumkin.

Harakat cheklanadigan yo‘nalishlar qatoriga Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan masofa, shuningdek, Kichik halqa avtomobil yo‘lining Chilonzor ko‘chasi bilan kesishmasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi kiradi. Bundan tashqari, Kichik halqa yo‘li va Bunyodkor ko‘chasi chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan yordamchi yo‘l yopiladi. Cheklovlar Nurafshon hamda Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Islom Karimov va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi orqali Ikkinchi Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishni ham qamrab oladi. Haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.