В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Farg‘onada aylanadigan joy ustida talashib erini urgan ayol jazolandi

Farg‘onada aylanadigan joy ustida talashib erini urgan ayol jazolandi

Farg‘onada er-xotin park yoki savdo markaziga borish ustida urishib qolgan. Erini urgan xotinga sud 8,2 mln so‘m miqdorida jarima soldi.

Er-xotin bolalarni aylantirish uchun joy tanlashda, ya’ni bog‘ga yoki savdo markaziga borish borasida o‘zaro tortishib qolishgan. Oradan ikki kun o‘tib, ushbu oilaviy mojaro qaytadan avj olgan va asabiy holatdagi ayol turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Kaltaklangan er ushbu holatga chidab turmasdan, xotinining ustidan huquq-tartibot idoralariga ariza yozgan. Sudda ayol o‘z aybini tan oldi. Sud qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida yashovchi ushbu fuqaro oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Erini urgani va jarohatlagani uchun ayolga 8,2 million so‘m miqdorida pul jarimasi jazosi tayinlandi.