So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildiSiyosatRossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadiJamiyatGuanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdiSiyosatEldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildiSportYil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldiJamiyatEkskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdiJamiyatKonor Makgregor to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng UFC sahnalariga qaytmoqdaSportBugun O‘zbekistonni chang bo‘roni va kuchli shamol bosishi kutilmoqdaJamiyatRobert Levandovski mavsum yakunlangach Barselonani tark etishini ma’lum qildiSport

Rossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadi

Rossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadi

Rossiyaga vizasiz kirish uchun yangi majburiy RuID ilovasi joriy etilmoqda. O‘zbekistonliklar uchun ariza topshirish tartibi va jarimalar ma’lum bo‘ldi.

Ilgari sinov tariqasida ishlagan ushbu tizim endilikda migratsiya nazoratining asosiy vositasiga aylanadi. Yangi tartibga ko‘ra, xorijliklar chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin yoki eng erta 90 kun avval dastur orqali raqamli ro‘yxatdan o‘tib, kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirishlari shart. Faqatgina yaqin qarindoshining vafoti yoki og‘ir xastaligi kabi favqulodda holatlarda asoslovchi hujjatlar bilan chegaraga 4 soat qolganda ariza topshirishga ruxsat beriladi.

Ushbu qoidadan Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, Rossiyada yashash guvohnomasi (VNJ) yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasiga (RVP) ega shaxslar, shuningdek, viza bilan keluvchilar mustasno hisoblanadi. Ilova o‘zbek, rus, tojik va qozoq tillarida faoliyat ko‘rsatadi. Ma’lumotlar tekshirilgach, tizim maxsus raqamli ruxsatnoma va QR-kod yaratadi, uni chegarada chegara xizmati xodimlariga ko‘rsatish talab etilishi mumkin.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, dasturda ro‘yxatdan o‘tmaslik Rossiyaga kirishni taqiqlashga yoki kelgusida migratsiya hisobiga turishda jiddiy muammo`larga olib keladi. Shuningdek, qoidabuzarlarga nisbatan jarima qo‘llash va mamlakatdan badarg‘a qilish chorasi ko‘rilishi ham mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, ilovadan ruxsat olish chegaradan o‘tishga to‘liq kafolat bermaydi va yakuniy qaror baribir chegara xizmati tomonidan qabul qilinadi. Yangi tizim qog‘oz ko‘rinishidagi migratsiya kartalaridan voz kechib, biometrik ma’lumotlarni yig‘ish hamda soliqlar va hujjatlarni elektron boshqarish imkonini beradi.