So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev Boku sammitida Xalqaro aqlli shaharlar alyansini tuzishni taklif qildiSiyosatRossiyaga vizasiz kirishda RuID ilovasidan foydalanish majburiy etib belgilanadiJamiyatGuanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdiJamiyatShavkat Mirziyoyev Bokuda Butunjahon urbanizatsiya forumining ochilishida qatnashdiSiyosatEldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildiSportYil boshidan beri O‘zbekistonga 4 milliondan ortiq turist keldiJamiyatEkskavatorga yashirilgan 600 kg ga yaqin narkotikni O‘zbekistonga olib kirishga urinishdiJamiyatKonor Makgregor to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng UFC sahnalariga qaytmoqdaSportBugun O‘zbekistonni chang bo‘roni va kuchli shamol bosishi kutilmoqdaJamiyatRobert Levandovski mavsum yakunlangach Barselonani tark etishini ma’lum qildiSport

Guanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdi

Guanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotga chaqmoq tegdi

Guanchjoudan Toshkentga uchayotgan Centrum Air samolyotiga chaqmoq tegdi. Havo kemasi texnik ko‘rikka olinib, reys vaqtincha kechiktirildi.

Centrum Air aviakompaniyasining Guanchjou–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan havo kemasi parvoz vaqtida chaqmoq zarbasiga uchradi. Aviatashuvchi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu ko‘ngilsiz hodisa 16-may kuni mazkur marshrut bo‘yicha navbatdagi reysni amalga oshirish jarayonida yuz bergan. Xalqaro aviatsiya standartlari va qat’iy xavfsizlik qoidalariga muvofiq, samolyotni har tomonlama texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni aniqlash hamda tiklash ishlarini olib borish uchun u zudlik bilan parvozlardan chetlashtirildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar xulosasiga ko‘ra, aviakompaniya ushbu yo‘nalishdagi havo kemasini boshqasiga almashtirishga qaror qildi. Mazkur majburiy chora sababli C6511D/C6512D raqamli Toshkent–Guanchjou–Toshkent yo‘nalishidagi qatnov sezirarli darajada kechikdi. Parvozni kutishga majbur bo‘lgan barcha yo‘lovchilar aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilib, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlandi. Yangilangan jadvalga muvofiq, Guanchjoudan Toshkentga qaytish reysi 18-may kuni soat 20:25 da amalga oshirilishi belgilandi.