So‘nggi:
Angrenda unashtirilgan yigit va qiz avtomobil ichida is gazidan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistondagi ilk pul yo‘l kelasi oyda foydalanishga topshiriladiJamiyatToshkentning Shahrisabz ko‘chasida BRT liniyasi qurilishi sabab harakat cheklanadiJamiyatO‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyat

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Eldor Shomurodov 22 ta gol bilan Turkiya Superligasida o‘yin ichidan gol urish bo‘yicha eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. U EA FC 26 ramziy jamoasiga kirdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining joriy mavsumini yorqin muvaffaqiyatlar bilan yakunladi. Hujumchimiz raqiblar darvozasini 22 bor aniq nishonga olishga erishdi. Garchi «Trabzonspor» a’zosi Pol Onuachu ham xuddi shuncha gol urgan bo‘lsa-da, u 6 ta vaziyatda penaltidan unumli foydalangan. Shomurodov esa faqat 4 ta golni standart vaziyatdan kiritib, o‘yin ichidan to‘p kiritish ko‘rsatkichi bo‘yicha chempionat g‘olibiga aylandi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik forvard mavsum davomida 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Natijada u 27 ochko bilan «gol plyus pas» tizimida ham chempionatning eng foydali o‘yinchisi unvonini qo‘lga kiritdi. Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni 11 ta gol va 13 ta uzatma muallifi bo‘lgan «Fenerbaxche» a’zosi Marko Asensio egallab turibdi. Shuningdek, milliy jamoamiz sardori EA FC 26 talqiniga ko‘ra Superliganing ramziy terma jamoasidan joy oldi va uning o‘yin kartochkasi 93 reyting darajasi bilan baholandi.