So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahrida o‘tadigan TDT norasmiy sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga ketdi. Sammit mavzusi — sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammitida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi uchrashuv turkiy dunyoning ma’naviy poytaxti hisoblangan Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bu galgi norasmiy sammit “Sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish” mavzusiga bag‘ishlangan. Yig‘ilish kun tartibidan TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya va ekologiya sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirishga doir qator muhim masalalar o‘rin olgan.

Sammit doirasida davlatlar yetakchilari raqamli infratuzilmani birgalikda rivojlantirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlarini amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida eʼtibor qaratishi ko‘zda tutilgan. Tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.