So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidirilmoqda

Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov Interpol orqali qidirilmoqda

Migratsiya agentligi sobiq mulozimi Azizbek Toshtemirov firibgarlikda ayblanib, Interpol qidiruviga berildi. U “qizil bildirishnoma” bilan xalqaro miqyosda qidirilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq mulozimi Azizbek Toshtemirovga nisbatan Interpol tomonidan xalqaro qidiruv e’lon qilindi. U xalqaro politsiya tashkilotining “qizil bildirishnoma” (Red Notice) ro‘yxatiga kiritilgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq bo‘lim boshlig‘i yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.

Toshtemirovning ismi Interpol qidiruv bazasiga joylashtirilishi uning qayerda ekanligini aniqlash va qo‘lga olishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi. Hozirda uning aniq turgan joyini aniqlash va ushlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlar politsiya xizmatlariga tegishli so‘rovlar yuborilgan.

Sobiq mulozimga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tafsilotlari hozircha to‘liq ochiqlanmagan, biroq u xalqaro darajadagi qidiruvga berilgani ayblovning jiddiyligidan dalolat beradi. Interpolning “qizil bildirishnomasi” mazkur shaxsni aniqlangan taqdirda darhol hibsga olish va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.