В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Soliq qo‘mitasi mashhur blogerlarning daromadi va maqomidagi shubhali holatlarni aniqladi

Soliq qo‘mitasi mashhur blogerlarning daromadi va maqomidagi shubhali holatlarni aniqladi

Soliq qo‘mitasi 110 nafar blogerning daromadlarini tekshirdi. Top-blogerlar milliardlab foyda ko‘rsa-da, maqomlari mos emasligi va kam soliq to‘layotgani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida 110 nafar eng faol ijodkor ro‘yxati shakllantirilib, ularning moliyaviy faoliyati tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor maqomida ishlamoqda, 22 nafari esa hali ham oddiy jismoniy shaxs sifatida qolmoqda. Qo‘mita vakillarining ta’kidlashicha, blogerlarning huquqiy maqomi ularning haqiqiy daromadlari va ish ko‘lamiga mutlaqo mos kelmaydi.

Ayniqsa, 3 milliondan ortiq auditoriyaga ega 6 nafar yirik blogerning faoliyati shubha uyg‘otdi. Ular bir yil davomida yuzlab reklama materiallarini e’lon qilgan bo‘lsalar-da, rasmiy daromadlari bor-yo‘g‘i 2,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Budjetga to‘langan 110,4 mln so‘m soliq ularning real imkoniyatlaridan ancha past ekani qayd etildi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan blogerlarning yordamchi va administratorlar yollashi qonunga zid ekani eslatib o‘tildi. Endilikda qo‘mita ushbu sohani tartibga solish va blogerlar orasida soliq madaniyatini oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.