So‘nggi:
O‘zbekiston armiyasida sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘linmalari tashkil etiladi | Ishtixon tuman shifoxonasida sunnatdan so‘ng ikki bola vafot etdi | Afsonaviy Minecraft o‘yiniga rasman o‘zbek tili qo‘shildi | Soliq qo‘mitasi mashhur blogerlarning daromadi va maqomidagi shubhali holatlarni aniqladi | O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish arafasida savdo to‘siqlarini bekor qildi | O‘zbekistonda Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etildi | O‘zbekistonda propiska tartibi o‘zgardi va Face-ID orqali tasdiqlash joriy etildi | Yaponiyaning ELF-IN animatsiya studiyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqda | O‘zbekistonda qurilishdagi byurokratiya yetti baravar qisqaradi | Navoiyda 14 nafar bolani ortib ketayotgan Matiz ag‘darildi |

O‘zbekistonda propiska tartibi o‘zgardi va Face-ID orqali tasdiqlash joriy etildi

O‘zbekistonda propiska tartibi o‘zgardi va Face-ID orqali tasdiqlash joriy etildi

O‘zbekistonda propiska uchun uy egasining borishi shart emas. Endi rozilik Face-ID yoki Mobile-ID orqali onlayn beriladi va muddat 10 kun etib belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra uy egasi ijarachi yoki boshqa shaxsning propiskasiga roziligini masofadan turib Face-ID texnologiyasi yoki Mobile-ID tizimi orqali tasdiqlashi mumkin. Bu esa fuqarolarning shaxsan ishtirok etishi zaruratini bekor qilib ortiqcha ovvoragarchiliklarga chek qo‘yadi. Ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali foydalanish imkoniyati yaratildi.

Belgilangan qoidalarga muvofiq propiska qilish uchun fuqarolarga 10 ish kuni muddat beriladi. Shuningdek bir nechta uyga egalik qiluvchi shaxslar uchun ham yangilik kiritildi. Endilikda bir necha xonadoni bor mulkdorlar faqat bitta manzilda doimiy ro‘yxatda turishlari mumkin bo‘ladi.

Raqamli identifikatsiya tizimining joriy etilishi jarayon xavfsizligini ta’minlash bilan birga vaqtni tejashga xizmat qiladi. Ushbu islohotlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda inson omilini kamaytirish va sohani to‘liq raqamlashtirish strategiyasining muhim qismi hisoblanadi.