Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

O‘zbekistonda chegara ostidan noqonuniy tunnellar qurganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

O‘zbekistonda chegara ostidan noqonuniy tunnellar qurganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

O‘zbekistonda chegara ostidan tunnel qaziganlar qamoqqa olinishi mumkin. Yangi qonun loyihasi yer osti yo‘llari orqali kontrabanda olib o‘tganlik uchun jazoni kuchaytiradi.

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat chegarasini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirishga doir qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar. Yangi hujjat bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga qo‘shimcha normalar kiritilmoqda. Endilikda chegara orqali noqonuniy yer osti yo‘llari va tunnellar qurish, ulardan foydalanish hamda bunday faoliyatni moliyalashtirish uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy etiladi.

Loyihaga ko‘ra tunnellar yordamida tovar-moddiy boyliklarni, xorijiy valyutani va qimmatbaho metallarni bojxona nazoratini chetlab o‘tib olib o‘tish og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi. Shuningdek yer osti inshootlari orqali mamlakatga noqonuniy kirish yoki chiqish uchun ham jazo choralari keskinlashtirilmoqda. Deputatlarning qayd etishicha ushbu choralar jamoat xavfsizligini ta’minlash va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish