So‘nggi:
O‘zbekistonda ayrim haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadiJamiyatAQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladiDunyoToshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldiJamiyatFarg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSportO‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyat

Toshkentda birinchi xotinining tahdidlari sababli ikkinchi ayolini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda birinchi xotinining tahdidlari sababli ikkinchi ayolini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan erkak qo‘lga olindi. U 10 ming dollar va’da qilib jinoyatni birinchi xotinining tahdidlari sabab sodir etganini aytgan.

Poytaxt huquq-tartibot idoralari xodimlari mudhish jinoyatning oldini olishdi. 1985-yilda tug‘ilgan erkak o‘zining shar’iy nikohidagi ayolini yo‘q qilish uchun qotil yollagan. U «ish» evaziga 10 ming dollar va’da qilib 2 ming dollarini bo‘nak sifatida bergan. Qolgan mablag‘ni esa ayoli bo‘g‘ib o‘ldirilganidan so‘ng topshirishni rejalashtirgan.

Ichki ishlar xodimlari vaziyatdan xabar topib ijrochi va jabrlanuvchi bilan birga jinoyatni sahnalashtirishdi. Gumonlanuvchi qolgan 8 ming dollar va Tracker avtomashinasini topshirayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tergov davomida aniqlanishicha erkakning birinchi xotini uning ikkinchi oilasi borligidan xabar topgan va bolalari bilan o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlashini aytib tahdid qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ish qo‘zg‘atilib ayblanuvchilar qamoqqa olingan.