So‘nggi:
Rossiyadagi yoqilg‘i inqirozi ortidan Toshkent AYoQShlarida Rossiya benzini g‘oyib bo‘ldiJamiyat1-iyuldan davlat xizmatiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladiSiyosat“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi YTHda vafot etdiJamiyatFransiya elchixonasi o‘zbekistonliklarni viza firibgarlaridan ogohlantirdiJamiyatToshkentda avtobus ichida mast erkak yo‘lovchi qizga jinsiy a’zosini ko‘rsatdiJamiyatToshkentda vorkaut maydonchasiga ega birinchi “sport” bekati barpo etildiJamiyatFransiyada Ebola virusiga chalinishning ilk holati qayd etildiDunyoVenesuelada vayronkor zilzila yuz berdi: mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindiDunyoAlisher Qodirov terma jamoaning bir qator futbolchilari bilan xayrlashishga chaqirdiSportFIFA rahbari JCH-2026 tarixdagi eng muvaffaqiyatli jahon chempionati bo‘lganini aytdiSport

Toshkentda sobiq xotiniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi

Toshkentda sobiq xotiniga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi

Toshkentda sobiq xotiniga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan erkak 3 sutkaga qamaldi. Videoyozuv yordamida isbotlangan ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha sud uzil-kesil qaror chiqardi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, bayram jarayonida erkak ayolga nisbatan shahvoniy mazmundagi harakatlarni sodir etgan, ya’ni unga tegajog‘lik qilib, majburan quchoqlashga va tegishga harakat qilgan.

Jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida sobiq eri uning qo‘llaridan tortib, ko‘krak qismiga tegishga uringanini hamda bunday holatlar avval ham takrorlanganini ma’lum qildi. Ayol o‘z so‘zlarini isbotlash uchun sudga voqea aks etgan videoyozuvni taqdim etgan va bu dalil aybdorni fosh etishda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Sudda huquqbuzar o‘zining bu harakatlarini oqlashga urinib, janjal vaqtida sobiq xotinini shunchaki «tinchlantirmoqchi» bo‘lganini, unga nisbatan shilqimlik qilish niyati bo‘lmaganini iddao qildi. Shunga qaramay, u o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi. Sud barcha holatlarni o‘rganib chiqib, erkakni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bilan aybdor deb topdi.

Sud hukmi bilan huquqbuzarga nisbatan 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ushbu qaror jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlik va shilqimlikka nisbatan murosasizlikni mustahkamlashga qaratilgan.