So‘nggi:
O‘zbekistonda kompaniyalarga valyuta obligatsiyalarini chiqarishga ruxsat berildi | BAA barcha cheklovlarni bekor qilib havo hududini parvozlar uchun to‘liq ochdi | Vobkentda erkak kishini ishqiy yozishmalar bilan shantaj pul talab qilgan ayollar ushlandi | Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Osiyo taraqqiyot banki yig‘ilishida ishtirok etadi | Samarqandda million dollarlik firibgarlikda gumonlanayotgan YHXB xodimi sudlanadi | Toshkentdan Haj 2026 mavsumining ilk ziyoratchilari jo‘nab ketdi | O‘zbekistonda jarima ballari 12 taga yetgan ilk haydovchi guvohnomasidan ayrilishi kutilmoqda | Toshkentda Malibu avtomobillari ishtirokida 14 ta soxta YTH uyushtirgan guruh fosh etildi | Toshkentda gullar festivali sababli bir qator markaziy ko‘chalar 10 kunga yopiladi | Namanganda qalbaki 10 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan ikki erkak ushlandi |

Rossiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 180 kungacha uzaytirdi

Rossiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mamlakatda bo‘lish muddatini 180 kungacha uzaytirdi

2026-yil iyunidan Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchilarning bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirildi. Imtiyozdan foydalanish uchun xalqaro yuk tashuvini tasdiqlovchi hujjatlar bilan ariza topshirish lozim.

Mazkur yangilik hukumatlararo muzokaralar hamda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev ishtirokida o‘tkazilgan «Ochiq muloqotlar» yakunida erishilgan muhim kelishuv natijasidir. Ushbu chora ikki davlat o‘rtasidagi yuk tashish jarayonlarini soddalashtirish va transport yo‘laklari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi tartibdan foydalanish uchun haydovchi maxsus identifikatsiya jarayonidan o‘tishi shart. Buning uchun Rossiyaga kirish va u yerda bo‘lish maqsadlari ko‘rsatilgan ariza bilan birga shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda xalqaro yuk tashuvini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talab qilinadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar haydovchi belgilangan tartibda ariza topshirmasa, uning Rossiya hududida bo‘lish muddati eski tartibga binoan yiliga jami 90 kundan oshmasligi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoidalar xalqaro haydovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bilan birga, migratsiya nazoratini tizimli ravishda amalga oshirish imkonini beradi.