So‘nggi:
PPX xodimi tomonidan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIBB | Farg‘onada erkak Rossiyadagi janglarda ishtirok etgani uchun 2 yilga hukm qilindi | 1-maydan O‘zbekistonda tadbirkorlik, transport va ijtimoiy sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda | Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilariga tegajog‘lik qilgan PPX xodimi ustidan tergov boshlandi | O‘zbekistonda besh yillik ish stajiga ega ayollar uchun OTMlarga qabul jarayoni boshlanmoqda | O‘zbekistonda bank kartasini boshqalarga berish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda | Boysundagi neft to‘kilishi uchun 8,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undiriladi | Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada yangi akademiya tarbiyalanuvchilari bilan futbol o‘ynadi | Shveysariya sudi Gulnora Karimovaga nisbatan ochilgan ishni to‘xtatdi | Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi yangi investitsiya loyihalarini ko‘zdan kechirdi |

1-maydan O‘zbekistonda tadbirkorlik, transport va ijtimoiy sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda

1-maydan O‘zbekistonda tadbirkorlik, transport va ijtimoiy sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda

2026-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlar uchun muqobil skoring, elektromobillar uchun subsidiyalar va aliment qarzdorlariga cheklovlar kabi yangi tartiblar joriy etiladi. Shuningdek, Toshkent — Xiva yo‘nalishida tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Biznes uchun imkoniyatlar va HUMO yangiliklari

Tadbirkorlarga kredit ajratishda endilikda faqat an’anaviy hujjatlarga tayanilmaydi. 1-maydan joriy etiladigan muqobil skoring tizimi doirasida soliq to‘lovlari, kommunal xarajatlar, tovar aylanmasi va eksport amaliyotlari tahlil qilinadi. Bu tizim moliyaviy oqimlari shaffof bo‘lgan tadbirkorlarga kredit olishni osonlashtiradi.

To‘lov tizimlari foydalanuvchilari uchun ham xushxabar bor: HUMO 13131 raqamidan keladigan SMS-xabarlar narxini oshirmaslikka qaror qildi va tarifni 84,2 so‘m miqdorida saqlab qoldi.

Elektromobillar va ekologik tashabbuslar

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari uchun keng imtiyozlar berilmoqda. Endilikda elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat tomonidan qoplanadi. Bu sohada faoliyat boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yer maydonlari esa auksion orqali bozor narxidan ikki baravar arzon taqdim etiladi.

Davlat idoralarida qog‘ozbozlikka chek qo‘yish maqsadida xarajatlar har yili 15 foizga kamaytirib boriladi. Har oyda “Qog‘ozsiz bir kun” hamda oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” aksiyalari o‘tkazilishi majburiy etib belgilandi.

Transport va ijtimoiy himoya

Transport sohasida uzoq kutilgan voqea — Toshkent va Xiva shaharlari o‘rtasida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Umra ziyoratiga borish tartibi yanada qat’iylashib, endi barcha jarayonlar faqat “Haj va Umra yagona portali” orqali amalga oshiriladi.

Aliment qarzdorlari

Qarzi mavjud shaxslar uchun yirik bitimlar tuzish va ayrim bank xizmatlaridan foydalanish cheklanadi.

Harbiy xizmatdan qaytganlar

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarni xususiy sektorda ishga kirish uchun o‘qitish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu chora Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.